Barcha iste'molchilarning sovuq va issiq suv schyotchiklari xatlovdan o‘tkaziladi

Foto: RIA Novosti/Maksim Bogodvid
Vazirlar Mahkamasining “Suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Belgilab qo‘yilishicha, suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflarni shakllantirish va belgilashda iste'molchilar uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar tannarxini to‘liq qoplash nazarda tutiladi, shuningdek, suv ta'minoti va kanalizatsiya tashkilotlarini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish xarajatlari hisobga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi:
2019 yil 1 iyulgacha bo‘lgan muddatda barcha guruhdagi iste'molchilarning sovuq va issiq suv priborlari bilan jihozlanishi hamda ushbu priborlarning tekshirilish holatini xatlovdan o‘tkazadi;
2019 yil 1 avgustgacha bo‘lgan muddatda “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uy-joy fondida sovuq hamda issiq suv priborlarining o‘rnatilishini moliyalashtirish manbalari va to‘liq yakunlashning aniq muddatlari nazarda tutilgan Sovuq va issiq suvni hisobga olish priborlarini o‘rnatish dasturini ishlab chiqadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2019 yil 1 iyulgacha bo‘lgan muddatda aholining ichimlik suvni iste'mol qilish normativlarini qayta ko‘rib chiqadi hamda tasdiqlaydi.
Nizomga muvofiq, suv ta'minoti va kanalizatsiya tashkilotlari uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish organlari bilan suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Moliya vazirligiga (moliya organlari) murojaat qiladi.
Tariflar Moliya vazirligi tomonidan tegishli organlar taqdim qilgan ma'lumotlar asosida deklaratsiya qilinadi (tasdiqlanadi).
Tariflarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror u kuchga kirishidan 15 kun oldin e'lon qilinishi lozim.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston investorlar uchun yangi «oltin vizalar»ni joriy etmoqda
Jahon | 23:15
-
Toshkentda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Jamiyat | 22:33
-
Eronda Isroil foydasiga josuslik qilishda ayblangan shaxs qatl etildi
Jahon | 22:31
-
30 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:19
Mavzuga oid

12:15 / 28.04.2025
Farg‘onada 1 maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshadi

21:21 / 05.04.2025
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi

10:06 / 04.04.2025
O‘zbekistonda suv resurslari taqchilligi: muammolar va yechimlar

10:23 / 19.03.2025