«Barselona» 74 mln yevro evaziga Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisini sotib oladi

Foto: Getty Images
«Ayaks» himoyachisi Matteys de Ligt yozda «Barselona»ga o‘tadi, transfer qiymati 74 mln yevroni tashkil qiladi. Bu haqda Sky Spors xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, 2018 yilda Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan 19 yoshli sardor ingliz klublarining takliflariga qiziqish bildirmagan.
De Ligt bu mavsum «ayaksid»ning 55ta o‘yinida maydonga tushib, 7+4 mahsuldorlik natijasiga erishdi. Uning Amsterdam klubi bilan shartnomasi 2021 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Avvalroq «Ayaks» bosh direktori Edvin van der Sar Matteys faoliyatini yo Angliyada, yo Ispaniyada davom ettirishini aytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, «Barsa» va «Ayaks» Frenki de Yong xaridi yuzasidan ham kelishib olgan. Unga asosan kataloniyaliklar 21 yoshli yulduz uchun 75 mln yevro to‘lashadi.
Mavzuga oid

16:39
«Real»dan nihoyat munosib qarshilik. Anchelotti o‘yinni qanday o‘zgartirdi?

12:45
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi

19:27 / 26.04.2025
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi

07:53 / 23.04.2025