Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eden Azarning ukasi klubini o‘zgartirdi

Belgiya terma jamoasi a'zosi, «Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azarning ukasi, so‘nggi mavsumlarda Menxengladbaxning «Borussiya» jamoasida to‘p surib kelgan yarimhimoyachi Torgan Azar faoliyatini Dortmundning «Borussiya» klubida davom ettiradi.
«Borussiya D» 26 yoshli belgiyalik havbek bilan 5 yillik shartnoma tuzilganini e'lon qildi. Bitim shartlari hozircha ma'lum emas.
Ich packe meine Kiste und nehme mit...#Hazard2024 pic.twitter.com/p651I64d8T
— Borussia Dortmund (@BVB) May 22, 2019
Transfer qiymati 40 mln yevroni tashkil etgani taxmin qilinmoqda.
Ma'lumot uchun, Torgan menxengladbaxliklar tarkibida 2014 yildan buyon o‘ynab kelayotgandi. Uning bitimi muddati tugashiga bir yil qolgandi.
Azar Bundesliganing yakunlangan mavsumida 33ta o‘yinda qatnashib, 10ta gol urgan va 10 golga uzatma bergan.
Ushbu futbolchiga «Arsenal» va «Liverpul» klublaridan ham jiddiy qiziqishlar bildirilgandi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Ta’lim | 13:23
-
Chivinlar orqali yuqadigan kasallik: chikungunya haqida nimalarni bilish kerak?
Sog‘lom hayot | 13:18
-
Trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi
Ta’lim | 12:50
-
Qo‘yliq mavzesidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 12:27
Mavzuga oid

13:23 / 14.12.2023
«PSJ» amallab o‘lim guruhidan chiqdi, «Barsa» autsayderga yutqazishni «uddaladi». YeChLda so‘nggi tur o‘yinlari

16:37 / 28.11.2023
«O‘lim guruhi»da kim qoladi - YeChLda kun intrigalari

07:42 / 08.11.2020
Bundesliga. «Bavariya» Dortmundda «Borussiya»ni mag‘lub etib, yakkapeshqadamga aylandi

20:49 / 11.05.2019