O‘zbekistonda 1 avgustdan yana bir soha xodimlarining maoshi oshiriladi

Foto: KUN.UZ
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Bolalar musiqa va san'at maktablarining rahbar, o‘qituvchi va konsertmeysterlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirliklarining bolalar musiqa va san'at maktablari rahbar, o‘qituvchi va konsertmeysterlarining oylik maoshlarini umumiy ta'lim maktablari o‘qituvchilari maoshiga tenglashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.
2019 yil 1 avgustdan boshlab bolalar musiqa va san'at maktablari rahbar-xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori o‘qituvchi va konsertmeysterlar uchun 1.6 barobar hamda rahbarlar uchun 1.9 barobarga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
bolalar musiqa va san'at maktablari faoliyatida xorijiy mamlakatlarning musiqa va san'at sohasidagi eng yaxshi yutuqlari asosida zamonaviy ta'lim berish texnologiyalarini joriy etadi;
bolalar musiqa va san'at maktablarida ta'lim sifatini oshirishda o‘z hissasini qo‘shayotgan, uzoq yillar mobaynida samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan, fidoiy pedagog-xodimlarni moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofaza qilishni yaxshilash hamda ularning samarali faoliyat ko‘rsatishlarini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Madaniyat vazirligi bilan birgalikda bolalar musiqa va san'at maktablari rahbar-xodimlarining lavozim maoshlari miqdorini mazkur qarordan kelib chiqqan holda o‘z vaqtida qayta hisoblab chiqishni ta'minlaydi.
Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-son “Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori 1-ilovasi 5-, 5.1-bandi, 2-ilovasi 1.8., 2.8.-bandi hamda 3-ilovasi 3-bandlaridagi jadvallarda ko‘rsatilgan bolalar musiqa va san'at maktablari so‘zlari chiqarib tashlanadi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Madaniyat muassasalari xodimlarining maoshlari miqdori qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston | 15:43
-
Prezident Al-Xorazmiy shaharchasining qurilishini ko‘zdan kechirdi
O‘zbekiston | 15:41
-
Gaz quyish shoxobchalarida metan narxi 5200 so‘mgacha qimmatlashdi
Iqtisodiyot | 15:20
-
Putin Volgograd aeroporti nomini "Stalingrad"ga o‘zgartirdi
Jahon | 15:16
Mavzuga oid

12:03 / 25.07.2023
Jizzaxlik ona-bola direktorlar hiylasi: 5 nafar “o‘lik jon" uchun 200 million so‘mdan ortiq oylik to‘langan

08:44 / 06.06.2022
Parrandachilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgaradi

09:01 / 08.04.2022
«Olima ayollar jamiyati» nimalar bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi

07:51 / 26.03.2022