Mutasaddilar: «Avtomobil chiroqlari bo‘yicha tartib bekor bo‘lmagan»

Adliya vazirligida qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida «Qonunchilikdagi yangiliklar» nomli matbuot anjumani tashkil etildi.
Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Hayotjon Qilichov va IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimi mayor Azizxon Murodov qoidaning keyinga qoldirilishiga izoh berib o‘tishdi.
«2021 yil 1 yanvarga qadar kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi bo‘yicha talab bekor bo‘lgani yo‘q. Amalga kiritish kechiktirildi, xolos. Biz transport vositasi egalariga shu vaqtga qadar tegishli talablarga moslashtirish uchun imkoniyat berdik. 2021 yildan keyin moslashtirilmagan avtomobillar jarimaga tortiladi. Bunday ishlarni o‘zboshimchalik bilan emas, maxsus mutaxassislar amalga oshirishi kerak. Misol uchun, GM Uzbekistan’ning mutaxassislari bor», deya ta'kidlagan ichki ishlar xodimi.
Bu javobga nisbatan ko‘plab e'tirozlar bildirildi. E'tirozlar mazmuni asosan bunday tartib monopoliyaga yo‘l ochishi, qo‘lida hunari bor avtomashina ustalari ishsiz qolishi mumkinligi haqida bo‘ldi.
«Biz haydovchilarning o‘zlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib olish holatini nazarda tutdik. Har qanday avtoservisda sohaning mutaxassislari bo‘lishi mumkin. Ular tomonidan bajarilishi lozim. Bu keyinchalik kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noxush holatlar oldini oladi», deydi IIV xodimi.
«Bu masala to‘g‘ri ko‘tarildi. Yaxshi taklif bo‘ldi. Aynan bunday uskunalarni, ya'ni kunduzgi chiroqlarni o‘rnatib berishning tartibini ishlab chiqish kerak. Hujjatlashtirish tizimi qanday bo‘ladi, kimlar qila oladi kabi holatlarga aniqlik kiritish lozim. Takliflar bering. Ko‘rib chiqamiz», deya adliya vakilining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent shahri va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytiriladi
O‘zbekiston | 22:36
-
Tramp Qatar bilan 1,2 trln dollarlik iqtisodiy hamkorlik bitimini tuzdi
Jahon | 22:25
-
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
Jamiyat | 22:18
-
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
Jahon | 22:15
Mavzuga oid

11:32 / 16.12.2020
Haydovchilarga eslatma: 1 yanvardan kunduzi chiroq yoqmay harakatlanish jarimaga sabab bo‘ladi

20:35 / 07.06.2019
Adliya vazirligi vakili: «Fara»lar masalasida hamma bir yoqadan bosh chiqardi»

11:30 / 06.06.2019
Kunduzi faralarini yoqmagani uchun jarimaga tortilganlar ishi nima bo‘ladi?

13:30 / 05.06.2019