Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi

21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Maminni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida o‘zaro manfaatli hamkorlik jadallashib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
O‘z navbatida, Asqar Mamin Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev va Prezident Qosim-Jo‘mart Toqayevning salomlari va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuvda qardosh mamlakatlarimiz rahbarlari darajasidagi muntazam uchrashuvlar va ishonchga asoslangan muloqot ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga xizmat qilib, ularni aniq amaliy mazmun bilan boyitgani ta'kidlandi.
Bugun ilk bor hukumat rahbarlari darajasida o‘tkazilgan Hukumatlararo komissiya majlisi savdo, investitsiyalar, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, turizm va boshqa yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalarni ilgari surishning samarali mexanizmi ekani qayd etildi.
Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, jumladan, O‘zbekistonda Qozog‘iston yili doirasidagi qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishga alohida e'tibor qaratildi.
Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Mamin ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va oliy darajada erishilgan kelishuvlarni so‘zsiz ro‘yobga chiqarish borasidagi intilishi qat'iy ekanini ta'kidladi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14 / 29.07.2025
-
Toshkent viloyati IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00 / 29.07.2025
Mavzuga oid

22:00 / 29.07.2025
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etiladi

20:52 / 29.07.2025
Odamlarning kundalik ishi tushadigan joylarda «korrupsiyaviy tuynuklar» yo‘qolmagani qayd etildi

20:50 / 29.07.2025
Prezident o‘zbekistonliklarni Xalqlar do‘stligi kuni bilan tabrikladi

21:41 / 28.07.2025