Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘rt yillik «staj»ga ega brakonerlar faoliyatiga chek qo‘yildi
Joriy yilning 19 avgust kuni Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Olot hamda Qorako‘l tumanlari inspeksiyalari tomonidan Olot tumanining «Qirlishon» MFY, O‘rtacho‘l massivida o‘tkazilgan tezkor reyd tadbiri chog‘ida «Ural» rusumli mototsiklda «sayr»ga chiqqan ikki fuqaroning xatti-harakatlari e'tiborni tortgan.
O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bu shaxslar Qashqadaryo viloyatining Muborak va Mirishkor tumanlarida yashovchi S.X. hamda I.R. bo‘lib, ular ko‘ngilxushlik ilinjida ovga otlangan brakonerlar ekanligi ma'lum bo‘ldi. Ekologik surishtiruvi chog‘ida bu fuqarolar 4 yil davomida kimsasiz cho‘lda brakonerlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganliklari, shu kunga qadar 20 bosh jayron ovlagani aniqlandi.
Ular o‘ljasiga aylangan jonivorlardan ikki bosh urg‘ochi jayron bolalashiga oz muddat qolganida ovlangan ekan. Boz ustiga, brakonerlar qo‘llaridagi ov quroli tegishli hujjatsiz, egasiz, ya'ni noqonuniy bo‘lib chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunida daxlsiz va davlat muhofazasiga olingan hayvonot olami, ularni ovlashning qat'iy belgilangan mavsumi, hatto baliq oviga doir batafsil ma'lumot berilgan. Bu talablarga rioya etmagan yoxud tabiatga, hayvonot olamiga, shu orqali davlat manfaatlariga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik muqarrarligi belgilab qo‘yilgan.
Aniqlangan mazkur holat yuzasidan brakonerlikka qo‘l urgan S.X. hamda I.R.ga nisbatan to‘plangan hujjatlar amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun viloyat IIB hamda Ma'muriy sud organiga o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
Mavzuga oid

21:55 / 04.08.2025
Saksovulfurushlarni ta’qib qilib, hujumga uchragan inspektorlar taqdirlandi

19:49 / 23.07.2025
Buxoroda elektr toki urishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

12:33 / 11.07.2025
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi

09:54 / 09.07.2025