Dunyoning yashash uchun eng qulay shaharlari reytingi e'lon qilindi

Foto: Getty Images
Avstriya poytaxti dunyoning yashash uchun eng qulay shaharlari reytingida qatorasiga ikkinchi bor yetakchi bo‘ldi. Reyting The Economist Intelligence Unit (EIU) tomonidan tuzildi.
Reytingda dunyoning 140 shahri barqarorlik, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash, infrastruktura va ta'lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha 100 ballik tizimda baholanadi.
Vena 99,1 ball oldi. Ikkinchi o‘ringa Avstraliyaning Melburn, uchinchi o‘ringa Sidney shaharlari joylashdi. To‘rtinchi o‘rinni Yaponiyaning Osaka, beshinchi o‘rinni Kanadaning Kalgari shahri egalladi.





Shuningdek, Vankuver, Toronto, Tokio, Kopengagen va Adelaida shaharlari yuqori o‘nlikdan joy oldi.





Suriyaning Damashq, Nigeriyaning Lagos va Bangladeshning Dakka shaharlari yashash uchun eng noqulay shaharlar deb topildi.
Avgust oxirida The Economist Intelligence Unit eng xavfsiz shaharlar reytingini e'lon qilgandi. Ro‘yxatdagi eng yuqori o‘rinlarni Tokio, Singapur va Osaka shaharlari olgandi.
Mavzuga oid

17:24 / 05.06.2025
O‘zbekiston yashash narxi eng arzon davlatlar qatoriga kirdi

19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi

20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi

09:54 / 23.04.2025