Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Platinining diskvalifikatsiya muddati tugadi

UYeFA sobiq prezidenti Mishel Platini futbolga qaytishi mumkin.
Bugun, 8 oktabr kuni unga 2015 yilda qo‘llangan diskvalifikatsiya muddati tugadi. To‘rt yil muqaddam FIFAning axloq qo‘mitasi uni korrupsiyada aybdor deb topib, futbol bilan aloqador istalgan lavozimda ishlash huquqidan mahrum etgandi. O‘shanda FIFAning sobiq prezidenti bo‘lgan Yozef Blatter unga 2011 yili tashkilotdan 2 million yevro miqdoridagi mablag‘ni o‘tkazib bergani tekshiruvlarga sabab bo‘lgandi.
Avvaliga fransiyalik mutaxassis 8 yil muddatga diskvalifikatsiya qilingandi, keyinroq bu muddat yarmiga qisqartirildi. Bu mojaro boshlanishidan oldinroq Platini FIFA rahbarligida Blatterning o‘rnini egallashi kutilayotgandi.
«Menda bir g‘oya bor, ammo hozircha bu haqda gapira olmayman», — deya Platinining so‘zlarini keltirmoqda AP News.
Mishel Platini 1972 yildan 1987 yilgacha bo‘lgan muddat ichida «Nansi», «Sent-Eten», «Yuventus» klublarida, shu bilan bir vaqtda Fransiya terma jamoasi safida o‘ynagan, futbolchilik faoliyati davomida uch marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

23:47 / 11.07.2025
«Ertalab soat 6 da kimdir kelishini kutmagandim». Ulug‘bek Rashidov diskvalifikatsiya qilinganiga izoh berdi

20:46 / 25.03.2025
Blatter va Platini moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha yana oqlandi

14:49 / 23.11.2023
O‘zbekiston o‘smirlari Angliyani JChdan chiqarib yubordi. Navbatda Fransiya

14:47 / 03.11.2023