Toshkent tumanidagi tovuq fermasi yonib ketdi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
Joriy yilning 6 noyabr kuni soat 04:32da Toshkent viloyati Toshkent tumani, Ko‘ksaroy hududi, “Oqtom” MFY, Nizomiy-Ganjaviy ko‘chasidagi “Do‘nya Paranda” MChJga qarashli tovuq fermasida yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga 6 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 8 daqiqada yetib borgan.
Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 05:03da qurshab olinib, soat 06:03da to‘liq bartaraf etilgan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lgan insonlar yo‘q. Biroq, yong‘in haqida alanga maydoni kengayib ketgandan so‘ng yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar berilgani uchun birinchi yong‘in o‘chirish bo‘linmalari voqea joyiga yetib borganda, ferma binosi to‘liq ochiq alanga bilan yonayotganligi ma'lum bo‘lgan.
Yong‘in oqibatida tovuq fermasining 250 kv. metr maydonda tomi, shifti, ichki qismi yonib zararlangan hamda 150 donadan ortiq tovuq nobud bo‘lgan. Yong‘inning taxminiy sababi - elektr simlarida yuzaga kelgan qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

18:16
Hindistondagi mehmonxonada yong‘in yuz berdi. Qurbonlar bor

19:04 / 29.04.2025
Xitoydagi restoranda yuz bergan yong‘in oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

09:01 / 28.04.2025
Mirobod tumanida qurilish mahsulotlari omborida yong‘in sodir bo‘ldi

15:24 / 27.04.2025