Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktablar yangi standartlar bo‘yicha quriladi va ta'mirlanadi - Prezident qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zamonaviy maktab»larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.
Qaror yangi turdagi umumta'lim muassasalarini barpo etish va muqaddam qurilgan binolarni bosqichma-bosqich zamon talablariga moslashtirish, o‘quv-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, ta'lim xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish orqali umumiy o‘rta ta'limni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida qabul qilingan.
«Zamonaviy maktab»lar ilg‘or arxitektura yechimlari va energiya tejovchi texnologiyalar asosida barpo etiladigan hamda jihozlanadigan, xalqaro talablar asosida sifatli ta'lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan bo‘ladi.
«Zamonaviy maktab»larga qo‘yiladigan talablarga mos keladigan umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga tegishli darajadagi muvofiqlik sertifikati beriladi. «Zamonaviy maktab» muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan rahbar va pedagogik xodimlarga mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning oshirilgan stavkalari qo‘llaniladi..
Prezident qarori bilan 2020-2022 yillarda umumiy o‘rta ta'lim muassasalarini «Zamonaviy maktab» talablari asosida yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlashning asosiy parametrlari hamda manzilli dasturlari tasdiqlangan.
2020-2022 yillarda umumiy o‘rta ta'lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash – O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan investitsiyalar mablag‘lari; mebel, o‘quv-laboratoriya, sport anjomlari va o‘qitishning texnik vositalari bilan ta'minlash – O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan investitsiyalar mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining kredit va grantlari; kompyuter texnikasi va ichki lokal tarmoq (tarmoq uskunalari) bilan ta'minlash – xalqaro moliya institutlarining kredit va grantlari; zamonaviy isitish tizimi bilan ta'minlash – Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
O‘rmon yong‘inlari havo isiyotgani bilan bog‘liqmi? Ularning oldini olish choralari mavjudmi?
O‘zbekiston | 16:43
-
Yozning jazirama kunlarida ayollar terisini qanday parvarish qilish kerak?
Ayollar dunyosi | 16:35
-
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:11
Mavzuga oid

19:17 / 07.04.2023
Futbolni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori imzolandi

21:15 / 23.02.2023
Ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolariga mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berildi – prezident qarori

18:56 / 30.01.2023
Mahalliy hokimiyatga paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralashish taqiqlanadi – prezident qarori

23:06 / 11.08.2020