Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Halifa Haftar va Foiz Saroj Moskvada uchrashadi - manba

Faiz Saroj va Xalifa Haftar / Foto: AP
Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni feldmarshal Xalifa Haftar Moskvaga keldi. Haftar Rossiya poytaxtida Liviya Milliy kelishuv hukumati bosh vaziri Foiz Saroj bilan muzokaralar o‘tkazishi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligiga Liviyadagi manba xabar qildi.
Saroj esa Moskvaga 13 yanvarda keladi.
11 yanvarda Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Liviyadagi qarama-qarshi tomonlarni 12 yanvardan o‘t ochishni to‘xtatishga hamda darhol muzokaralar stoli atrofiga o‘tirishga chaqirgan. Haftar bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan, biroq Tripoliga yurishni davom ettirishini aytgan. Saroj ham Haftar armiyasi ortga qaytarilishi talabi bilan yarashuvni qo‘llab-quvvatlagan. Shundan keyin ikki tomon 12 yanvarga o‘tar kechasi jangovar harakatlarni to‘xtatishga rozi bo‘lgan, biroq istalgan qoidabuzarlik uchun javob berishni va'da qilgan.
Mavzuga oid

07:42 / 26.07.2025
Moskvadagi oliy maktab talabalariga o‘qishni boshqa oliygohlarga ko‘chirish taklif qilindi

12:29 / 19.07.2025
Fransiyalik top-menejer Moskva bilan biznes yurityapti

21:28 / 02.07.2025
Moskva markazida ichida FSB veteranlari bo‘lgan mashina portlab ketdi

12:36 / 14.06.2025