Jahon | 21:32 / 06.05.2020
4842
1 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask Tom Kruz ishtirokida fazoda ilk to‘liq metrajli film suratga oladi

Hollivud aktyori Tom Kruz va Space X kompaniyasi asoschisi Ilon Mask fazoda ilk to‘liq metrajli film suratga olishni rejalashtirmoqda.

Foto: Tvitter

Tom Kruz filmda bosh rolni ijro etadi hamda film NASA bilan hamkorlikda suratga olinadi. Film voqealari fazoda yuz beradi. Uni suratga olish ishlarining bir qismi Xalqaro koinot stansiyasida bo‘lib o‘tadi.  

Bu haqda NASA direktori Jyeyms Braydenstayn ma'lum qilgan. Qolgan tafsilotlar hozircha noma'lum.

“NASA’da Tom Kruz bilan Xalqaro koinot stansiyasi bortida suratga olinadigan film ustida ishlashdan xursandlar”, deb yozgan NASA direktori tvitterda.

Mavzuga oid