«Farhod» avtomobil ehtiyot qismlari bozori har bir savdo joyi dezinfeksiya anjomlari bilan jihozlangandan so‘ng o‘z ishini davom ettiradi - IIBB
Toshkent shahar IIBB Uchtepa tumanida joylashgan avtomobil ehtiyot qismlari bozori yopilishi haqidagi ma'lumot bo‘yicha qo‘shimcha izoh berdi.
Qayd etilishicha, Uchtepa tumanidagi “Farhod” avtomobil ehtiyot qismlari bozori dezinfeksiya qilish va savdo joylari sanitariya-epidemiologiya me'yorlariga muvofiqlashtirilishi uchun yopilgan. Tadbirkorlardan birining isitmasi borligi haqida ilgari tarqagan ma'lumot haqiqatdan yiroq ekani bildirilgan.
“Ehtiyot qismlar bozori har bir savdo joyi tegishli dezinfeksiya anjomlari bilan jihozlangandan so‘ng o‘z ishini davom ettiradi.
Hurmatli hamshaharlar va shahrimiz mehmonlari! Sizdan karantin qoidalariga jiddiy munosabatda bo‘lishingizni so‘raymiz. Unutmang, karantinning bosqichma-bosqich yumshatilishi xavf bartaraf etilganidan dalolat bermaydi. Tibbiy niqob taqish, shaxsiy avtomobildan foydalanish jadvaliga amal qilish, ijtimoiy masofani saqlash – bularning barchasi bugungi kunda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda eng samarali usul hisoblanadi. O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang”, - deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda "Davlat xaridlari tizimidagi imkoniyatlar va islohotlar - 2025" xalqaro forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Jamiyat | 19:00
-
Prezident Urganchda Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazini borib ko‘rdi
O‘zbekiston | 18:42
-
Boliviyada bortida besh nafar kishi bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi
Jahon | 18:39
-
YeI rossiyalik oligarx va kompaniyalarning muzlatilgan 3 milliard yevro mablag‘ini musodara qiladi
Jahon | 18:37
Mavzuga oid

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

00:22 / 26.11.2022
Pekinda koronavirus avj olgani tufayli yangi cheklovlar kiritilmoqda

22:24 / 07.11.2022