Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmaga birlashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 22.06.2020 yildagi «Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 397-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi tashkil etiladi.
Norma’ning yozishicha, uning vazifalari quyidagilardan iborat:
klasterlar faoliyatida yuzaga keladigan tizimli muammolarni hal etish;
davlat boshqaruvi organlarida paxta-to‘qimachilik klasterlari manfaatlari va huquqlarini himoya qilish;
yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotni eksport qilish hajmini kengaytirish;
xomashyo bazasi, klasterlar infratuzilmasini kompleks rivojlantirish;
klasterlar va fermer xo‘jaliklari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish.
Uyushma tuzilmasida tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli va ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydigan Paxta-to‘qimachilik klasterlari kengashini tashkil etish nazarda tutilgan. Muassislarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan uyushmaning ijro apparati tuzilmasi tasdiqlanadi hamda uning raisi va o‘rinbosarlari saylanadi.
Uyushma faoliyatini moliyalashtirish a'zolik badallari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. Uyushma Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustavelli ko‘chasi, 8-uy manzilidagi «Paxtasanoat ilmiy markazi» AJ binosida joylashtiriladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish, paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni takomillashtirish maqsadida klasterlar faoliyatini baholash tizimi joriy etiladi. Baholash ijoralararo komissiya va hududiy ishchi guruhlar tomonidan har yili 25 dekabrga qadar o‘tkaziladi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini baholash bo‘yicha idoralararo komissiya tarkibi;
Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini baholash bo‘yicha hududiy ishchi guruhning namunaviy tarkibi.
Klasterlar faoliyati balli tizim asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholanadi:
paxta xomashyosini yetishtirishdan boshlab uni tayyor mahsulot sifatida sotishgacha bo‘lgan ishlab chiqarishning uzluksiz uzluksiz zanjirini tashkil etish darajasi (umumiy ko‘rsatkichning 50 foizi);
yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, yangi va zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo‘llash darajasi (30 foiz);
fermerlarning manfaatdorligini hisobga olish darajasi (10 foiz);
paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati samaradorligi bilan bog‘liq boshqa masalalar (10 foiz).
Idoralararo komissiya klasterlar faoliyatini baholash va tahlil qilish natijalariga ko‘ra, klasterning faoliyati samara bermayotganligi to‘g‘risida qaror chiqarishi hamda tegishli hududda klaster tashkil etish uchun yangi muassislarni tavsiya etishi mumkin.
Hujjat 23.06.2020 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreml AQSh bilan yashirin muzokara olib bordi va Ukraina bo‘yicha yon berishdan bosh tortdi
Jahon | 23:50 / 31.07.2025
-
AQSh Ukrainadagi urush qachon tugashi kerakligini belgiladi
Jahon | 23:05 / 31.07.2025
-
Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash idoralariga mustaqillik qaytarildi
Jahon | 22:53 / 31.07.2025
-
Parlamentdagi muxolifat, pulli yo‘llarning kechiktirilishi, o‘zbek sportidagi xush va noxush xabar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:42 / 31.07.2025
Mavzuga oid

08:42 / 31.07.2025
Paxta yetishtiruvchi dehqon va fermerlarga subsidiya ajratiladi

21:56 / 19.07.2025
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev

14:55 / 27.05.2025
Paxta va g‘allachilikda yuqori ko‘rsatkichlarga ega sub’yektlar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi

17:04 / 01.05.2025