Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karantinda yirik qurilishlar to‘xtatilmayotgani bu borada «katta tajriba to‘plangani» bilan izohlandi
So‘nggi bir oy ichida qurilish tashkilotlarida 200dan ortiq kishi koronavirus yuqtirib olgan.

Kuni kecha Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirusga chalinish holatlari ayniqsa bozorlar va qurilish obektlarida ko‘p kuzatilayotganini aytgan edi. Ammo Maxsus komissiyaning 8 iyulda e'lon qilingan qarori bilan, ko‘plab obektlar qatorida buyum bozorlari ham yopilishi, ammo yirik qurilish tashkilotlari faoliyatini davom ettirishi mumkinligi belgilandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibulla Oqilov 8 iyul kungi matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri savoliga javoban ushbu masalada izoh berdi.
«Karantin davrida ancha tajriba to‘pladik. Qurilishlarni to‘xtatmayotganimiz boisi – biz karantin sharoitida qurilish ishlarini tashkil etishni o‘rgandik.
Hozir Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan kelishgan holda, qurilish bo‘layotgan joylarda sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilgan holda ishni tashkil qilish mumkinmi, ishchilarning ijtimoiy masofa saqlashini ta'minlash mumkinmi, ovqatlanish sharoiti qanaqa, idish-tovog‘i qanaqa (bir marta ishlatiladiganmi, agar ko‘p marta ishlatilsa, 70 gradusdan ortiq issiqlikdagi suvda yuvish imkoni bormi), hojatxonasi qanaqa ahvolda – shularning hammasi talabga javob bersa, qurilish obektlarining ishlashiga ruxsat beriladi, deb komissiya xulosasida yozilgan», – dedi Oqilov.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bir oy ichida qurilish tashkilotlarida 200dan ortiq kishida koronavirus aniqlangan. Qurilish olib borilayotgan obektlar hududi to‘liq karantinga olinishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Patrul-post xizmatining shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 18:22
-
Farg‘onada IIB xodimining uyida tintuv o‘tkazildi
Jamiyat | 17:30
-
O‘zbekistonda ko‘chmas mulkning bozor qiymatini aniqlash tizimiga o‘tiladi
Ko‘chmas mulk | 17:11
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ikki mulozimi ishdan olindi
O‘zbekiston | 16:28
Mavzuga oid

18:37 / 20.06.2025
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

18:34 / 11.12.2024
Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur - Konstitutsiyaviy sud

21:59 / 27.11.2022