Farg‘ona viloyatida «mini eksport bozori» ish boshladi
Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida «mini eksport bozori» tashkil etildi. Bu haqda Kun.uz’ga O‘zbekiston eksportchilari uyushmasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Mahalliy tadbirkorlar hamda uyushma ko‘magida ochilgan ushbu bozorda qishloq xo‘jaligi va meva sabzavot mahsulotlari eksport qilinadi.
Bu orqali eksportchi yoki brokerlar kunlab vaqt sarflamasdan kerakli miqdordagi mahsulotlarni bir necha soat mobaynida shu yerning o‘zida yig‘ib olishi mumkin bo‘ladi.
«3 gektarli maydonda tashkil qilingan bozorda eksportyor, broker hamda bevosita dehqonning o‘zi ham ishtirok etishi mumkin. Yani bog‘bonlarning o‘zi ham xorijiy xaridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri oldi-sotdi ishlarini amalga oshiraveradi.
Bozorda 100 kilogrammdan boshlab cheklanmagan miqdorgacha mahsulot eksport qilish mumkin. Xozirda Rossiya, Markaziy Osiyo, Xitoy va MDH davlatlari tadbirkorlari ushbu platforma xaridorlari bo‘lmoqda», – dedi uyushma matbuot xizmati rahbari Fotima Qo‘chqorova Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Ma'lum qilinishicha, eksport bozori har kuni soat 19:00 dan 01:00 ga qadar ishlaydi.
Shuningdek, avgust oyi boshlarida Qo‘qon shahrida ham tekstil mahsulotlari eksportiga mo‘ljallangan bozor ochilishi kutilmoqda.
Unga ko‘ra, logistika eksportyor uchun ushbu savdo hududining o‘zidan xorijga chiqib ketishiga moslashtirilmoqda. Yani bozor xududida joriy qilingan terminal orqali bojxona xizmatlari ham shu yerning o‘zida ko‘rsatiladi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tutanxamon xazinasining bir qismi yangi muzeyga ko‘chirildi
Jahon | 02:18
-
Meksika Google korporatsiyasini sudga berdi
Jahon | 00:27
-
“Harvard bu raundni yutdi”: universitet AQSh ta’lim vazirining xatolarga to‘la xatini tekshirib, o‘ziga qaytarib yubordi
Jahon | 00:01
-
Britaniyada uchuvchi o‘ng va chapni adashtirib yuborgani uchun samolyotda yong‘in chiqdi
Jahon | 23:57 / 09.05.2025
Mavzuga oid

22:14 / 05.05.2025
Qo‘yliqdan reportaj: bozor tashqarisidagi noqonuniy deb topilgan do‘konlar buzilmoqda

09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi

12:26 / 02.05.2025
O‘zbekiston mahsulotlari eksport qilinadigan mamlakatlar soni 85 taga yetdi

10:24 / 22.04.2025