Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda o‘latdan bir kishi vafot etgandan keyin karantin kiritildi
Xitoyning shimolidagi Ichki Mo‘g‘uliston muxtor tumanida bir kishi o‘latning ichak shaklidan vafot etgandan keyin hududda karantin kiritildi.

Foto: REUTERS / Thomas Peter
O‘latdan o‘lim Baotou okrugida joylashgan Darxon-Mo‘mingan uyezdida qayd qilingan.
Ayni vaqtda bemor bilan aloqada bo‘lgan 35 kishi yakkalangan. Tumanda yuqori epidemiologik xavf rejimi kiritilgan. Ushbu rejim yil oxirigacha davom etadi, chunki mahalliy ma'muriyat o‘lat avj olib ketishidan xavotirlanmoqda.
Ushbu hududda o‘latdan kasallanishning bosh manbayi sug‘urlar go‘shtining iste'mol qilinishi hisoblanadi. Hayvon go‘shti aksariyat termik ishlovsiz iste'mol qilinadi.
Mavzuga oid

21:08 / 05.08.2025
“Chikungunya bezgagi O‘zbekistonda tarqalmaydi” – Sanepidqo‘mita

14:22 / 05.08.2025
Toshkentda besh yulduzli «Pekin» mehmonxonasi quriladi

11:48 / 04.08.2025
Rossiya va Xitoy harbiy mashqlari: Yapon dengizida manyovrlar boshlandi

09:59 / 04.08.2025