Rasman: «Barselona» prezidentligi uchun saylov qachon o‘tkazilishi e'lon qilindi

«Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu kamida keyingi yil 15 martga qadar jamoa rahbarligida qoladi. Bu haqda klub rasmiy saytidaxabar qilingan.
Manbada aytilishicha, hozir prezidentlik saylovlarini o‘tkazishning imkoni yo‘q. Bunga sabab sifatida mavsum 12 sentyabrda boshlanishi keltirilgan.
«Direktorlar kengashi klub boshidan kechirayotgan og‘ir holat uchun javobgarlikni bo‘yniga olgan holda klub prezidentligi uchun saylovlari 2021 yil 15 martdan keyingi ilk o‘yin kunida o‘tkazilishini ma'lum qiladi.
Direktorlar kengashi yangi mavsum 12 sentyabrda boshlanishini inobatga olgan holda prezidentlik saylovlarini hozir o‘tkazishning imkoni yo‘qligini ma'lum qiladi. Shuningdek, pandemiya sharoitida saylovlarni o‘tkazish maqsadga muvofiq emas.
Shunday ekan klub yuzaga kelgan muammo bo‘yicha, xususan asosiy tarkib bo‘yicha ishlarni mavjud tanlangan yo‘l bo‘yicha va amaldagi rahbariyat bilan davom ettiradi. Klub budjetni yaxshilash ishlarini amaldagi prezident bilan uning muddati tugagunga qadar davom ettiradi», deyiladi klub bayonotida.
Xosep Bartomeu 2014 yildan buyon «Barselona» prezidenti lavozimida ishlab keladi. U bu lavozimni Xuan Laportedan keyin egallagandi. OAVda Lionel Messi Bartomeu rahbarligidagi «Barselona»da qolmasligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan.
Mavzuga oid

16:39 / 27.04.2025
«Real»dan nihoyat munosib qarshilik. Anchelotti o‘yinni qanday o‘zgartirdi?

12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi

19:27 / 26.04.2025
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi

07:53 / 23.04.2025