Jahon | 00:58 / 20.08.2020
7988
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyada “kakaoli yomg‘ir” bo‘lib o‘tdi

Shveytsariyaning Olten shahrida o‘tgan hafta antiqa yomg‘ir kuzatilgan. Ta'kidlanishicha, bu yerda bir necha kun davomida yomg‘ir jigarrang bo‘lgan. Aniqlanishicha, bunga mahalliy qandolatchilik fabrikasidan shamol uchirib ketgan kakao zarralari sabab bo‘lgan. 

Foto: oltnertagblatt.ch

Odamlar avtomobillar, uylar va yer shokolad rang bilan qoplanganidan bir tomondan taajjublansa, boshqa tomondan xavotirga tushgan. Shundan keyin buning sababi nima ekanligini aniqlashga kirishib ketilgan.

“Aybdor” esa tezda topilgan. Aniqlanishicha, u Olten yaqinida joylashgan Lindt & Sprüngli kompaniyasiga tegishli fabrika bo‘lgan. Kompaniya vakillarining ta'kidlashicha, korxonada shamollatish tizimi ishdan chiqqan va shu sababli kakao kukuni tashqariga chiqib ketgan. So‘ngra uni shamol to‘zg‘itib yuborgan. 

Fabrikada nosozlik bartaraf etilgan va “kakaoli yomg‘ir” odamlarga va atrof-muhitga hech qanday xavf solmasligi aytilgan. Shuningdek, kompaniya vakillari transport va uylarni kakaodan tozalash bo‘yicha barcha xarajatlarni qoplashga va'da bergan.   

 

Mavzuga oid