Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1-kurs talabalari uchun darslar qachon va qay tartibda boshlanishi ma'lum bo‘ldi
2020/21 o‘quv yili uchun bakalavriatga o‘qishga qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun darslar 12 oktyabr, dushanba kunidan boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvali Xoliqovga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«2020/21 o‘quv yilini masofaviy tarzda boshladik. Birinchi kurs o‘quvchilari bilan ham o‘quv yili masofaviy tarzda boshlanadi. Farqli tomoni – rejamizga ko‘ra, birinchi kursga tavsiya etilgan talabalarning hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilib bo‘linganidan keyin, 12 oktyabrdan boshlab, oliy ta'lim muassasalarida 3 kundan 2 haftagacha tanishuv darslari tashkil qilinadi.
Bu tanishuv darslari karantin qoidalariga to‘la amal qilingan holatda auditoriyaga 50 foizdan oshmagan talabalarni kiritib, karantin talablari asosida tashkil etiladi», – dedi Abduvali Xoliqov 29 sentyabrdagi matbuot anjumanida.
Ma'lum qilinishicha, talabalar turar-joylariga talabalar joyalashtirilmaydi. Uzoq hududlardan Toshkentdagi OTMlarga o‘qishga kirgan talabalar uchun o‘sha hududdagi OTMning moddiy texnik-bazasidan foydalangan holda hududdagi yoshlarni yig‘ib, tanishuv darslari tashkil etiladi.
Vazirlik rasmiysiga ko‘ra, uzoq hududlarga Toshkent shahridagi OTMlar professor-o‘qituvchilari borib, tanishuv darslarini tashkil qiladi. Tanishuv darslari kuniga 2 paradan ortiq bo‘lmagan holda, paralar orasida 10 daqiqalik tanaffus bo‘lib, talabalar auditoriyani o‘zgartirmaydi.
«Bu darslarda yangi qabul qilingan talaba oliy ta'lim muassasasi va undagi o‘qituvchilar va dars jadvallari bilan tanishtiriladi. Bu yerda 1-kursga qabul qilingan talabalarning masofaviy ta'lim olish ko‘nikmasini shakllantiramiz», – dedi Abduvali Xoliqov.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi

18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?

15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi

15:07 / 03.11.2023