Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
O‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari tariflari uchun 50 foizgacha chegirmadan foydalanishi mumkin.

Foto: Kun.uz
Uzbekistan Airways qishki ta’til oldidan talabalar uchun chegirma e’lon qildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
«Uzbekistan Airways o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari tariflariga 50 foizgacha chegirma e’lon qildi», deyiladi xabarda.
Chegirma 2024 yil 23 dekabrdan boshlab 2025 yil 7 yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.
Aviachiptalarni kompaniya saytidan, aviakompaniya agentlaridan hamda Uzbekistan Airways Sales filialidan xarid qilish mumkin. Buning uchun davlat muassasasida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan oliy ta’lim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar o‘quvchilariga 2024/25-o‘quv yili uchun beriladigan qishki ta’til 2024 yilning 25 dekabridan boshlanadi va 2025 yilning 7 yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
O‘zbekiston AQShdan paxta import qilmoqchi
Iqtisodiyot | 17:11 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mukofotga nomzod prezidentlar, «tonirovka» uchun yangi taklif va uy hayvonlarini majburiy ro‘yxatga olish - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:24 / 07.08.2025
-
OpenAI yangi, yanada kuchli GPT-5 sun’iy intellekt modelini taqdim qildi
Fan-texnika | 23:22 / 07.08.2025
-
Hindiston korxonalari AQSh bosimi tufayli Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatdi
Iqtisodiyot | 22:29 / 07.08.2025
-
Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi strategik yo‘lak AQSh nazoratiga beriladi
Jahon | 22:26 / 07.08.2025
Mavzuga oid

18:27 / 21.06.2025
Chakana savdoda chegirma berish va aksiya o‘tkazish qoidalari belgilanishi mumkin

11:00 / 04.06.2025
Qurbon hayiti munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi

23:31 / 28.01.2025
“O‘zbekiston havo yo‘llari” xalqni aldadimi?

10:25 / 12.12.2024