Ozarboyjon elchixonasi Rossiya TIVga norozilik notasi yubordi
16 oktabr kuni Rossiya Davlat dumasi deputati Vitaliy Milonov tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ga tashrif buyurgani hamda hudud yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Foto: TASS
Ozarboyjonning Moskvadagi elchixonasi Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga norozilik notasi yubordi. TASSning diplomatik vakolatxonaga tayanib xabar berishicha, nota Rossiya Davlat dumasi deputati Vitaliy Milonovning Tog‘li Qorabog‘ga tashrifi bilan bog‘liq.
«Rossiya Federal majlisi Davlat dumasi deputati Vitaliy Milonovning okkupatsiya qilingan hududga noqonuniy tashrif buyurishi Ozarboyjonning xalqaro tan olingan chegaralarini buzish hisoblanadi. Shu sababli Ozarboyjon elchixonasi Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga norozilik notasi yubordi», – deyiladi xabarda.
Elchixonaning ta'kidlashicha, notada «Davlat dumasi deputatining bu kabi provokatsion harakatlari Ozarboyjon jamoatchiligi va Rossiyadagi ko‘p sonli diasporaning g‘azabini keltirish hamda rus-Ozarboyjon aloqalarini yomonlashtirishga qaratilgani» ta'kidlangan.
16 oktabr kuni Rossiya Davlat dumasi deputati Vitaliy Milonovning tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ga tashrif buyurgani hamda hudud yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazgani aytilgan edi.
Mavzuga oid

21:02
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi

20:36
Rossiyada pora orqali holatini qonuniylashtirilgan migrantlarni deportatsiya qilish taklif etildi

18:08
Patrushev Rossiyaning Odessaga da’vosini e’lon qildi

15:27