Jizzaxda ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushdi
10 yanvar kuni soat 17:10da Jizzax shahridagi «Zilol» mahallasi Mustaqillik ko‘chasida yangidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan biri qulab tushgan.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, hozirda voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar va tibbiyot xodimlari yetib borishgan.
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Farrux Abdurahmonovning ma’lum qilishicha, foydalanishga topshirilmagan mazkur bino 6 qavatli bo‘lib, xususiy tadbirkor tomonidan ustki 4 qavati turarjoy, dastlabki 2 qavati noturarjoy sifatida qurilayotgan bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea natijasida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Bosh prokuraturadan ma’lum qilishlaricha, binodagi 240 kv.m.dan iborat bo‘lgan 7 ta xonadon qulab tushgan. Jizzax viloyati prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.
Voqea yuzasidan Kun.uz muxbiri o‘rganish olib bormoqda, to‘liq tafsilotlar bilan tanishtirib boramiz.
Mavzuga oid

12:30 / 08.06.2025
Toshkentdagi mahalla ichida 5 qavatli mehmonxona qurilishi mumkin. Aholi bunga qarshi chiqmoqda

17:07 / 05.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat

00:44 / 04.06.2025
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi

14:30 / 27.05.2025