Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Forish tumanining sobiq hokimi Jizzax viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
Forish tumanining sobiq hokimi Abduvali Mustanov Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

19 yanvar kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi Ergash Soliyev Abduvali Saidovich Mustanovni Jizzax viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tavsiya etgan, nomzod deputatlar tomonidan ma'qullangan.
Abduvali Mustanov yangi lavozimda Nodir Rajapov o‘rnida ish boshladi. 2019 yil oktyabridan buyon Jizzax viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Rajapov bugun Zafarobod tumani hokimligiga tayinlandi.
Ma'lumot uchun, Abduvali Mustanov muqaddam Jizzax viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan, 2018 yildan buyon Forish tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi. Bugun uning o‘rniga Yangiobod tumanining sobiq hokimi Ikrom Matiyev Forish tumanining yangi hokimi etib tayinlandi.
Mavzuga oid

12:03 / 18.07.2025
Anvar O‘rmonov Toshkent shahri prokurori v.b bo‘lgan

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025