Guljahon Yo‘ldosheva ishi. Sud tergovi yakunlandi
22 fevral kuni Toshkent viloyati sobiq bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva va boshqalarga nisbatan ko‘rilayotgan ish bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda sudga taqdim etilgan yozma va boshqa daliliy isbotlar o‘qib eshittirildi, videomateriallar ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Sudda Yo‘ldoshevaning advokati yangi ochilgan holatlar bo‘yicha bir necha guvohlarni qayta so‘roq qilish uchun sudga jalb etish bo‘yicha iltimosnoma kiritdi.
Sud raisi iltimosnomani o‘rganib chiqib, uni asossiz deb topdi va qanoatlantirishni rad etdi.
Sud tergov jarayoni yakunlanganini e'lon qildi.
Sud taraflar muzokara jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishi uchun 1 martga qadar tanaffus e'lon qildi.
Mavzuga oid

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

23:40 / 10.06.2025
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj

10:23 / 10.06.2025
Fuqarolar huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolati kuchaytiriladi

10:21 / 08.06.2025