Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayollar orasida korrupsiya holatlari bo‘yicha tadqiqot olib borilmagan – Umida To‘xtasheva
Toshkentda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayollar yetakchi lavozimlarda: COVID-19 pandemiyasi sharoitida teng huquqli kelajakka erishish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtasheva ham nutq so‘zladi.

Tadbirning savol-javob qismida Kun.uz muxbiri agentlik direktori o‘rinbosariga shunday savol berdi:
– Odatda biz korrupsionerlar deganda erkaklarni tasavvur qilamiz. Mana, gender tenglik to‘g‘risida ko‘p gaplar gapirilmoqda, ayollar turli lavozimlarga tayinlanmoqda. Aynan ayollar orasida korrupsiya holatlari o‘rganilyaptimi?
Umida To‘xtasheva savolga quyidagicha javob berdi:
– Ayollar orasida korrupsiya holatlari bo‘yicha hozircha alohida tadqiqot olib borilmagan. Lekin shuni aytishimiz mumkinki, ayollarda korrupsiyaga moyillik erkaklarga nisbatan ancha past bo‘ladi. Chunki ayol birinchi navbatda ona, u farzandlari kelajagi, oilasi tinchligini o‘ylaydi.
Tadbirda ishtirok etayotgan Senat raisi Tanzila Norboyeva ham mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi:
– Bu juda muhim va qiziqarli masala. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga kelajakda bu borada alohida o‘rganishlar olib borishni tavsiya qilamiz.
Mavzuga oid

09:35 / 06.08.2025
Rossiyada yil boshidan buyon 99 nafar top-amaldor korrupsiyada ayblandi

07:04 / 06.08.2025
«Mediazona»: Rossiyada Korrupsiyaga qarshi kurash fondiga donatlar bo‘yicha 76 ta ish ochildi

23:30 / 02.08.2025
Kun tartibidagi maishiy korrupsiya va zararni qoplaganga ozodlik - hafta dayjesti

22:53 / 31.07.2025