Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax shahar xalq ta'limi bo‘limi mas'uli 1 500 dollar pora olayotganda ushlandi

Jizzax shahar xalq ta'limi bo‘limi mas'uli maktablardan birida qurilish ishlarini bajarishi lozim bo‘lgan korxonaning hisobraqamiga budjetdan ajratilgan pulni tushirib berish evaziga 1 500 dollar olayotganda ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Jizzax shahar xalq ta'limi bo‘limi mas'uli O.A. 1 500 AQSh dollarini pora sifatida o‘z xizmat xonasida olgan paytida, ichki ishlar organlari xodimlari uni jinoyat ustida ushlagan.
Surishtiruvlarda aniqlanishicha, ayblanuvchi mazkur porani Jizzax shahridagi umumta'lim maktablaridan birini ta'mirlash uchun davlat budjetidan ajratilgan 249 million so‘mni qurilish korxonalaridan birining hisobraqamiga o‘tkazib berish uchun so‘ragan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan O.A.ga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

11:00 / 22.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi

14:40 / 21.07.2025
Rossiya mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosari ishida - pora bo‘yicha yana 2 ta epizod

12:29 / 18.07.2025
Plastik karta orqali pora olgan bojxona inspektori ushlandi

13:03 / 16.07.2025