Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Kanadada diplomatik vakolatxona ochishni taklif qildi
AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligidan 10 turdagi mahsulotni Amerika bozoriga eksport qilish bo‘yicha fitosanitariya ruxsatnomalari olingan.

Senatning xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekistonning AQShdagi diplomatik vakolatxonasi rahbari Javlon Vahobov amalga oshirilgan ishlar va istiqbolli rejalar haqida ma'lumot berdi.
Javlon Vahobov Kanadada O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonasini ochishni taklif qildi.
«Butun Amerika qit'asida faqat Vashingtonda O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonasi mavjud. Barcha ishlarni bu yerdan turib hal qilish, menimcha, noto‘g‘ri. Bu taklifni Toshkentga kiritganmiz va bu masala hozirda ko‘rib chiqilmoqda. Elchixona bo‘lmasa ham kamida bosh konsulxonani ochish taklifini berganmiz. Senat tomonidan ham ushbu taklif qo‘llab-quvvatlansa, men juda minnatdor bo‘lardim.
Kanada ulkan salohiyatga ega bo‘lgan davlat. G20 va G7’ga kiradigan davlatga alohida e'tibor qaratilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi», — dedi Javlon Vahobov.
AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligidan 10ta, xususan, loviya, mosh, no‘xat, yeryong‘oq, bodom, grek yong‘og‘i, mayiz, quritilgan o‘rik, olxo‘ri, anjir mahsulotlarini Amerika bozoriga eksport qilish bo‘yicha fitosanitariya ruxsatnomalari olingani aytib o‘tildi.
Ma'lumot uchun, AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 2018 yilda 415 million dollar, 2019 yilda 603,9 million dollar, 2020 yilda esa 275,1 million dollarga teng bo‘lgan. O‘tgan yil davomida ikki o‘rtadagi savdo aylanmasi hajmi 2019 yilga nisbatan ikki baravarga kamayib ketgan.
O‘zbekiston Kanadaga 2019 yilda 6,5 million dollarlik, 2020 yilda esa 142,1 million dollarlik mahsulotlar eksport qilgan. 2020 yilda eksport hajmi 2019 yilga nisbatan 21,9 baravarga oshgan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
-
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi
O‘zbekiston | 23:54 / 11.08.2025
Mavzuga oid

14:40 / 09.08.2025
Kanada Rossiyadan dengizda yetkazilgan neft uchun cheklangan narxni pasaytiradi

09:59 / 31.07.2025
Kanada Falastinni tan oladi – Mark Karni

19:46 / 07.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin

09:41 / 30.06.2025