Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda ikki kunda 4 kishi avtohalokatdan vafot etdi

10 aprel kuni Xatirchi, 11 aprel kuni esa Navbahor tumanida sodir bo‘lgan ayanchli avtohalokatlar oqibatida 2 kishi voqea joyida, 2 kishi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Navoiy viloyati IIB YHXB axborot xizmati rahbari Farruh Yakubovning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, fuqaro Z.H. 11 aprel kuni o‘ziga tegishli bo‘lgan «Nexia-3» avtomashinasida Nurota tumanidan qaytayotgan bo‘lgan. Soat 18:20 larda Navbahor tumani hududidan o‘tgan 4R-57 avtomobil yo‘lining 22-23 kilometrlari oralig‘ida u boshqaruvni yo‘qotgan va mashina yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilgan.
Oqibatda haydovchi Z.H. hamda yo‘lovchisi J.R. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida, yana bir yo‘lovchi U.B. esa Navbahor tumani tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Shuningdek, 10 aprel kuni soat 20:30 larda Xatirchi tumanida ham oqibati o‘lim bilan tugagan avtohalokat sodir bo‘lgan. Fuqaro F.Z. «Nexia-3» mashinasini tuman hududidan o‘tuvchi 4R-48 avtomobil yo‘lida boshqarib borayotib, yo‘l chetida velosipedda harakatlanib ketayotgan S.F.ni urib yuborgan. Og‘ir tan jarohati olgan velosipedchi tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Avvalroq Navbahor tumanida mast piyoda avtohalokat qurboniga aylangandi.
Mavzuga oid

19:40 / 30.07.2025
Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezdi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

10:02 / 26.07.2025
Nurafshon ko‘chasida beton ustunga borib urilgan "Spark" haydovchisi vafot etdi

11:58 / 24.07.2025
Farg‘onada avtomobil daraxtga urilishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi

13:20 / 23.07.2025