«Yoshlar daftari»dagi yoshlarga dehqonchilikni boshlash uchun 2 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi
Yoshlar bandligi masalasida o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident yoshlarni qishloq xo‘jaligiga jalb qilish masalasiga to‘xtaldi.
«Tizimni yo‘lga qo‘ysak, yoshlarga imkoniyat bersak, oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha natijaga erishamiz. Oziq-ovqat xavfsizligi yerdan chiqadi, osmondan tushmaydi.
To‘g‘ri, shakar yetishtira olmaymiz. Jizzaxdagi suv omborini lavlagi yetishtirish uchun o‘rganinglar degandim. Shakar va o‘simlik yog‘i katta muammo, bu faqat bizda emas, butun dunyo bo‘ylab kun sayin narxi oshib boryapti.
Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, «yoshlar daftari»ga kirgan va dehqonchilik qilayotgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar xaridi uchun 2 million so‘mgacha subsidiya beriladi.
G‘aniyev, Husanov, Haitov bir hafta muddatda subsidiyaga ehtiyoji bor yoshlarning «mahallabay» ro‘yxatini shakllantirib, mablag‘ ajratishni boshlasin.
Ishmetov ikki oy muddatda subsidiyalar berishning ochiq-oshkoraligini ta'minlash maqsadida «elektron platforma»ni ishga tushirsin va ijrosini shaxsan nazoratga olsin.
Viloyat, tuman (shahar) moliya bo‘limi boshliqlari o‘zi yurib, mahallabay yoshlar bilan uchrashib, byurokratiya va korrupsiyasiz subsidiya ajratishga shaxsan javobgar.
Qo‘chqorov, Qudbiyev, Ishmetov har oyda yoshlar tadbirkorligi va bandligi masalalari bo‘yicha hokimlar va sektor rahbarlari faoliyatini tahlil qilib, yaxshi ishlaganlarga oyligiga 50 foizgacha ustama berish tizimini yo‘lga qo‘ysin. Ishladimi, qandini ursin, pulini olsin. Qancha qiyin bo‘ladi, qancha katta pul ketadi, uyog‘ini sizlar o‘ylamanglar», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda mast holatda mashina olib qochgani aytilgan sudya lavozimidan ozod qilindi
O‘zbekiston | 13:59
-
Zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan pedagog xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi
O‘zbekiston | 13:51
-
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
-
Zelenskiy Rossiyaning Belarusdagi shubhali harakatlari haqida ogohlantirdi
Jahon | 13:34
Mavzuga oid

19:50 / 22.04.2025
Mehnat migrantlariga subsidiya va kompensatsiya ajratish tartibi belgilandi

18:30 / 18.04.2025
Xorazmda mehmonxona qurish uchun investorlarga subsidiya beriladi

12:07 / 11.04.2025
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?

16:37 / 09.04.2025