Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taxtiqoracha dovonining Samarqand viloyatidan o‘tuvchi qismida «Gazel» yuk mashinasi jarlikka qulab ketdi

Taxtiqoracha dovonining Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan qismida «Gazel» yuk mashinasi jarlikka tushib ketgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 2 iyun kuni soat 10:00larda M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Urgut tumani Omonqo‘ton mahallasi hududidan o‘tuvchi 1031-kilometrida harakatlanib kelayotgan «Gazel» yuk mashinasining radiator suvi qaynab, tik balandlikda to‘xtagan.
Haydovchi mashinani qo‘l tormoziga qo‘yib, suvga tushgan vaqtda, u harakatlanib, jarlikka tushib ketgan.
Qayd etilishicha, hodisa natijasida hech kim jarohat olmagan. Faqat mashina jiddiy shikastlangan. Holat yuzasidan Urgut tumani IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

12:33
Surxondaryoda YTH oqibatida to‘rt yigit halok bo‘ldi

14:38 / 31.07.2025
Surxondaryoda Nexia maktab oldidagi piyodalar yo‘lagida 8 yoshli qizaloqni urib o‘ldirdi

11:07 / 31.07.2025
Qamchiqda ikkita yuk mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi

19:40 / 30.07.2025