Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi ilk qamoqxona kimoshdi savdosida 14 mln dollarga sotildi
Fevralda Ukraina adliya vazirligi va davlat mulk fondi «qamoqxonalarni xususiylashtirish» loyihasini e'lon qilgandi. Loyiha doirasida faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan axloq tuzatish muassasalari mulklari kimoshdi savdosida sotiladi.

Ukraina adliya vaziri Denis Malyuska mamlakatdagi birinchi qamoqxona – Lvovdagi 148-axloq tuzatish koloniyasi sotilganini ma'lum qildi.
«Bugun kimoshdi savdosida Lvovdagi 148-axloq tuzatish koloniyasi sotildi», deb yozdi u Facebook sahifasida.
Adliya vazirining qo‘shimcha qilishicha, yetti nafar qatnashchi ishtirok etgan kimoshdi savdosida obekt narxi uch baravarga – 377,5 mln grivenga (13,9 mln dollar) oshgan. Malyuskaning so‘zlariga ko‘ra, sotuvdan tushgan mablag‘ning 30 foizi davlat budjetiga, 70 foizi qamoqxona infratuzilmasini tiklashga yo‘naltiriladi.
Mart oyida Irpensk axloq tuzatish markazi 220 mln grivenga (8 mln dollar) sotuvga qo‘yilgan, ammo qatnashchilar bo‘lmagani tufayli savdo amalga oshirilmagandi. Aprelda lot yarim narxiga sotuvga qo‘yildi, biroq bu safar ham ishtirokchilar topilmadi.
Fevralda Ukraina adliya vazirligi va davlat mulk fondi «qamoqxonalarni xususiylashtirish» loyihasini e'lon qilgandi. Loyiha doirasida faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan axloq tuzatish muassasalari mulklari kimoshdi savdosida sotiladi.
Jazoni ijro etish departamenti ma'lumotlariga ko‘ra, Ukrainada yuzdan ortiq qamoqxona bo‘lib, ulardan 27tasi faoliyati to‘xtatilgan va yana 9tasini yopish rejalashtirilgan. Lvovdagi 148-axloq tuzatish koloniyasi 2018 yildan beri ishlamaydi.
Mavzuga oid

21:45 / 07.08.2025
Kreml va Oq uy uchrashuvga tayyorlanmoqda. Lekin hozircha ko‘p savollar ochiq qolmoqda

16:13 / 07.08.2025
Kursk oblastiga bosqinning bir yilligi. Bu amaliyot o‘zini qanchalik oqladi?

15:26 / 07.08.2025
Rubio: Rossiya Ukrainadagi sulhni hududiy mavzu bilan bog‘layapti

11:25 / 07.08.2025