Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda soxta hujjatlar bilan qilinayotgan qurilish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Samarqand shahrida soxta hujjatlar bilan qilingan qurilish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Samarqand viloyat hokimligi tomonidan viloyat prokuraturasiga Samarqand shahrining Minsk ko‘chasida olib borilayotgan qurilish ishlarining qonuniyligini o‘rganish bo‘yicha taqdimnoma kiritilgan. Taqdimnomaga ko‘ra, viloyat prokuraturasi «Townhouse» uslubida uy-joy, bolalar bog‘chasi hamda savdo binolari qurilishi ishlariga ruxsat berish holati bo‘yicha hujjatlarni o‘rgangan va bir qator qonunbuzilish holatlarini aniqlagan.
O‘rganish davomida mazkur manzilda qurilish ishlariga ruxsat berish yuzasidan hujjatlar soxtalashtirilganligi holati bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur ish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Uning natijasi haqida batafsil ma'lumot beriladi.
Mavzuga oid

21:50 / 30.07.2025
Samarqandda 1 milliard 200 million dollarlik 14 ta yangi loyiha shakllantirildi

15:32 / 30.07.2025
“Samarqandda bolalar dam oladigan joy yo‘q” - Adiz Boboyev yangi parklar tashkil etishni buyurdi

09:49 / 30.07.2025
Samarqandda 34 yoshli xonanda ayol eri tomonidan o‘ldirib ketildi

09:39 / 29.07.2025