O‘zbekiston | 10:05 / 16.06.2021
3803
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni O‘zbekistonda 40ta nodavlat bog‘cha tashkil etilishi uchun qariyb 11 mln dollar ajratadi

Saudiya Arabistoni Taraqqiyot jamg‘armasi va O‘zbekiston Maktabgacha ta'lim vazirligi o‘rtasida maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish loyihasi muhokama qilindi. 

Maktabgacha ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 10.9 mln AQSh dollari bo‘lib, Saudiya Arabistoni Taraqqiyot jamg‘armasining kredit mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 

Qayd etilishicha, mazkur kredit mablag‘lari 40ta davlat-xususiy sheriklik shartlari asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. 

Natijada, 4,5 ming bola maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinadi, deyiladi Maktabgacha ta'lim vazirligi ma'lumotida.

Mavzuga oid