Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nega faqat «mayda baliqlar» jazolanadi? Prokurorlar yer ajratishdagi jinoyatlar haqida izoh berishdi
So‘nggi 1,5 yilda tuman hokimliklari tomonidan yer ajratishga oid 7,5 mingta qaror qonunga zid ravishda qabul qilingan hamda 120 ming gektar yer noqonuniy ajratilgan. Biroq aksar hollarda ushbu jinoyatlar uchun qonunga zid ravishda yer ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilgan hokimlar emas, asosan, kichik amaldorlar jazoga tortiladi. Kun.uz’ga intervyu bergan Bosh prokuratura mas'ullari buni izohlashdi.
– Hokimliklar tomonidan amalga oshirilgan qonunbuzilishlarda ko‘pincha qaror imzolagan hokimlar emas, balki kichik amaldorlar jazoga tortilib keladi. Nega «mayda baliqlar» qarmoqqa ilinadi-yu, «katta nahanglar» jazosiz qolib ketadi?

Azim Sattorov,
Bosh prokuraturaning Iqtisodiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi prokurori:
– Bizning boshqarma iqtisodiy sohadagi qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Shu sababli savolingizga Bosh prokuraturaning jinoiy ish ochilgandan keyin tergov harakatlari bilan shug‘ullanadigan bo‘limidan javob olishingiz mumkin.
Eldor A'zamov,
Bosh prokuraturaning Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi prokurori:
– Viloyat, tuman va shahar hokimliklarining yer ajratish bo‘yicha komissiyalari bor, ularga hokim o‘rinbosarlari raislik qiladi. Komissiya tarkibiga kadastr xizmati, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi bo‘limlari va boshqa sohaga oid rahbarlar kiritiladi.
Qaror qabul qilinishida yer qayerdan, nima maqsadda ajratilayotgani inobatga olinadi. Komissiya shu shartlarga amal qilingani to‘g‘risida dalolatnoma beradi. Shu dalolatnoma asosida hokim qaror qabul qiladi. Bu yerda asosiy rolni komissiya dalolatnomasi o‘ynaydi. Ya'ni komissiya ruxsat bergan taqdirdagina hokim qarorga imzo qo‘ygan. Hozirgacha aniqlangan holatlarda shu nuqtayi nazardan javobgarlik chorasi ko‘rilgan.

2020 yil va 2021 yil 5 oyi mobaynida yer qonunchiligi bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 588 nafar shaxsga nisbatan javobgarlik qo‘llangan. Shundan 42 nafari ozodlikdan mahrum etilgan.
Ularning ichida 32 nafari mahalliy hokimliklarning mansabdor shaxslari, 10 nafari arxitektura va qurilish xodimlari, 49 nafari yer resurslari xodimlari hamda 51 nafari davlat kadastr xizmatlari xodimlari hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:11
-
Porscheʼning avtobiznesdan foydasi ikkinchi chorakda 91 foizga kamaydi
Avto | 15:07
-
Bitiruvchilarni texnikumga qabul qilish muddati 10 avgustga qadar uzaytirildi
Ta’lim | 14:55
Mavzuga oid

18:16 / 23.07.2025
“Jilovlanmayotgan” jinoyat: soddalik chegarasi va pixini yorgan firibgarlar

20:58 / 09.07.2025
Sirdaryoda prokuror o‘rinbosari ushlandi

09:14 / 18.06.2025
“Aybsiz bo‘lsa, nega yashirinib yuribdi?” – Farg‘ona viloyati IIB restoranga uyushtirilgan “maska-shou”ga izoh berdi

19:26 / 17.06.2025