Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Noqonuniy harakat qilmasa, nimadan qo‘rqadi?” - advokat tergov organlari binolariga telefon bilan kirishga qo‘yilgan taqiq haqida
Kun.uz bilan suhbatda bo‘lgan advokat Razzoq Altiyev advokat faoliyatiga huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudyalarning ta'siri, xususan, tergov organlari binolariga mobil qurilmalar bilan kirishga qo‘yilgan taqiq xususida quyidagicha fikr bildirdi:

“Advokat himoya ishini yuritish jarayonida alohida statusga ega hisoblanadi. Jinoyat-protsessual qonunchiligida isbotlash sub'yektlari keltiriladi. Shaxsning aybdor yoki aybdor emasligini isbotlashi shart bo‘lgan sub'yektlar - bu surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudni ham qo‘shib qo‘yishadi”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha rivojlangan davlatlarda sud isbotlash predmetini amalga oshirmaydi, u xolislikni ta'minlaydi xolos.
“Bizdagi muammo nimada? Ma'lumki, jinoyat ishini shakllantirish ko‘proq dastlabki tergov jarayonida amalga oshiriladi va bu jarayonda advokat faol himoya pozitsiyasini ko‘rsatadi. Tergov organlarida bo‘ladigan ayrim munosabatlar o‘rtada ma'lum bir ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Shaxsning huquqlari cheklanishi, buzilishi, advokatning protsessual vakolatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishga qaratilgan to‘sqinliklar, menimcha, ko‘proq tergov jarayonlarida ko‘zga tashlanadi. Shu jumladan, advokatlarga ham ichkarida telefondan foydalanishga ruxsat berilmaydi”, dedi u.
Advokatning ta'kidlashicha, qonunda bunday cheklov mavjud emas.
“Bu xuddi bino sizniki va unda ichki tartib qoidalarini o‘rnatasiz-u, xodim bo‘lmagan shaxslarga u yoki bu predmetni olib yurishni taqiqlab qo‘yishdek gap. Advokatga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri shu narsa tatbiq qilinadi, holbuki advokatga qonun bo‘yicha daxlsizlik huquqi berilgan.
Ilgari sud binosiga ham elektron qurilmalar bilan kirolmasdik, keyinchalik bu jarayon tartibga solindi va bugungi kunda bu borada muammo bo‘lmayapti. Shu bilan birga telefon olib kirilishi natijasida sudyalar bilan biror nizo yuzaga ham kelmayapti. Lekin tergov organlarida shunday talab qo‘yilgan.
Telefon yoki shu kabi elektron qurilma olib kirib ovoz yozib olish holatlari bo‘lishi mumkin, lekin ular noqonuniy harakat qilmasa, nimadan qo‘rqadi yoki nutqining yozib olingani nimasi bilan salbiy ta'sir qilishi mumkin? O‘ziga ishonsa, qonunga rioya qilsa, vakolati doirasidan chiqmasa, ovoz yozib olindi nimayu yozib olinmadi nima – farqi yo‘q”, dedi Razzoq Altiyev.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
Mavzuga oid

14:25 / 26.07.2025
Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar bilan ushlandi

12:15 / 15.07.2025
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar bilan ushlandi

17:38 / 05.06.2025
Toshkentda o‘zini IIV mansabdori sifati tanishtirib, pul undirmoqchi bo‘lgan advokat ushlandi

07:40 / 21.05.2025