Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda 109 tup qimmatbaho daraxt noqonuniy kesib tashlandi

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi
Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Denovda kesilgan daraxtlar bo‘yicha munosabat bildirdi. Unda yozilishicha, Denovda 857 tup daraxt tuman hokimligi ruxsati bilan kesilgan va o‘simlik dunyosiga 329 million so‘m zarar yetkazilgan.
Ma'lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari Denovda daraxtlarning ommaviy tarzda kesilishi holatini joyiga chiqib o‘rgangan. O‘rganish davomida «Denov tuman yo‘llardan foydalanish UK»ning uchastka bo‘limi boshlig‘i J.F. tomonidan 109 tup qimmatbaho daraxt ruxsatnomasiz kesib tashlangani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, J.F.ga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Huquqbuzarga nisbatan BHMning 10 barobari (2 245 000 so‘m) miqdorida jarima solingan. J.F. tomonidan o‘simlik dunyosiga 329 million 157 ming so‘m zarar yetkazilgani hisoblangan. Hozirda jarima va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni undirish choralari ko‘rilmoqda.
Shu bilan birgalikda, «Denov tuman yo‘llardan foydalanish UK»ga har bir kesilgan daraxtlar o‘rniga 100 donadan, jami 10900 dona qimmatbaho daraxt ko‘chatlari ekish va 3 yil davomida ekilgan ko‘chatlarni parvarish qilish haqida ko‘rsatma berilgan.
Bundan tashqari, prezidentning 2020 yil 9 apreldagi «2020–2022 yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish to‘g‘risida» PQ-4667-sonli qarori ijrosi bo‘yicha tuman hokimligi tomonidan daraxt kesishga ruxsat berilgan.
Jumladan, ushbu qarorga asosan yo‘l qurilishiga xalaqit berayotgan 857 tup kam qimmatli daraxtlarni kesish uchun Denov tuman hokimligi tomonidan 000020-sonli ruxsatnoma berilgan. Ta'kidlanishicha, tuman hokimligiga ham har bir kesilgan daraxt va butalar uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan, yirik o‘lchamli (balandligi 2 metrdan kam bo‘lmagan) ko‘chat ekish hamda ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish vazifasi yuklatilgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetidan 3 mingdan ortiq talaba chetlatildi
Jahon | 19:19
-
O‘zbekiston Butunjahon yozgi Universiadani 13-o‘rinda yakunladi
Sport | 19:16
-
Bosqichma-bosqich eski quvurlardan zamonaviy issiqlik tizimiga o‘tilmoqda - Veolia Energy Tashkent
O‘zbekiston | 19:00
-
Tramp yangi dedlayn belgiladi – endi Putin o‘t ochishni 10-12 kun ichida to‘xtatishi kerak
Jahon | 18:33
Mavzuga oid

18:18 / 21.07.2025
Surxondaryodagi bozorda sotuvchi bir guruh shaxslar tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

16:05 / 02.06.2025
Ko‘p qavatli uylarda 1,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

12:13 / 31.05.2025
Surxondaryoda 23 ta ko‘p qavatli turar joy binosida seysmik jihatdan kamchiliklar aniqlandi

15:28 / 19.05.2025