Messi «Barsa» bilan hali ham shartnoma imzolamadi. Muammo nimada?
Faoliyati davomidagi yettinchi «Oltin to‘p»ga da'vogarlik qilayotgan Lionel Messi uch haftadirki rasman jamoasiz sanaladi. Amerika kubogidan keyin «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirishi xabar qilingan argentinalik afsonaviy hujumchining kataloniyaliklar bilan yangi kelishuvni imzolashi haqida ko‘plab xabarlar yangragan bo‘lsa-da, tomonlarning bir qarorga kelgani haqida hali hamon e'lon qilinmadi. Xo‘sh, bu nima bilan bog‘liq?

Foto: DAVID RAMOS/GETTY IMAGES
«Barselona» yil boshidan buyon moliyaviy muammolar girdobida
Yanvar oyidan buyon Kataloniya klubidagi moliyaviy muammolar haqida turli xabarlar yangrayotgandi. Klub e'lon qilgan moliyaviy hisobotlarga ko‘ra, jamoa oldidagi qarzdorlik jami 1,2 milliard yevroga yetgan. «Barselona»da oylik maoshlarni to‘lash uchun mablag‘ tanqisligi yuzaga kelgach, klub futbolchilarning yarim yillik ish haqini to‘lash uchun bankdan kredit olishga majbur bo‘ldi. Qolaversa, rahbariyat transferlar uchun boshqa klublardan 126 million yevro qarz bo‘lib qoldi (eng katta qismi «Liverpul»dan – Koutino transferi uchun 29 mln yevro).
Moliyaviy og‘ir pallada El Mundo nashri Messining shartnomasidagi raqamlarni e'lon qilib, olovni alangalatdi. Manbaning yozishicha, argentinalik 4 yil ichida klubda 555 million yevro ishlab topadi.
«Barsa» Messi bilan kelishuvni nega cho‘zyapti?
La Ligada maoshlarning eng yuqori darajasi belgilangan. 2019/20 yilgi mavsumda Kataloniya klubidagi jami maoshlar miqdori 671 million yevroni tashkil etgan bo‘lsa, endi bu qiymat 383 million yevrogacha qisqartirilishi lozim. Ispaniyada maoshlar darajasi har bir klub uchun alohida belgilanib, bu tashkilotning daromadi va xarajatlaridan kelib chiqiladi. Hozirda «Barselona» maoshlar uchun topayotgan daromadidan ko‘proq mablag‘ sarflamoqda. Shu bois La Ligada yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi. Klub bir qator o‘yinchilarni sotgani va ijaraga berganiga qaramay, jamoani tark etganlarning maoshi u qadar katta emasligi og‘ir vaziyatni sezilarli darajada yengillashtirayotgani yo‘q.
Hozirgi vaziyatda Yumtiti, Pyanich, Koutino singari zaxirada qolayotgan nomdor o‘yinchilarning maoshi klubning oylik jamg‘armasiga og‘irlik qilmoqda. Har qanday holatda ham bu o‘yinchilarning biri bilan shartnomani o‘zaro bekor qilishga to‘g‘ri keladi, aks holda Messi bilan shartnoma imzolashning iloji bo‘lmaydi. Diario Sport xabariga ko‘ra, Lionel klubning so‘roviga yo‘q demay, maoshi 50 foiz kamaytirilishiga rozi bo‘lgan. Unga ko‘ra, Messi «Barselona» bilan yangi 5 yillik shartnoma imzolashi va kelishuvning dastlabki yilida 20 million yevro olishi (avval 100 mln yevrodan ko‘proq bo‘lgan) kutilmoqda.
Klub vaziyatdan chiqish uchun nimalar qildi va yana nima qila oladi?
Klub prezidenti Joan Laporta qiyin vaziyatdan chiqib ketish uchun 20 yoshli vinger Konrad de la Fuente, himoyachi Jan-Kler Todibo, 24 yoshli Xunior Firpo va Mateus Fernandes bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi. Bundan tashqari, klub 21 yoshli portugaliyalik Fransisko Trinkanni «Vulverhempton»ga ijaraga berdi. U 2020 yilning avgust oyida 31 million yevroga sotib olingan edi.
«Ko‘k-anorranglilar» oldida ish haqi sarfini qisqartirish uchun Yumtiti, Pyanich yoki Koutinoni sotishdan tashqari, yana boshqa yo‘llar ham bor. Ehtimol, «Barsa» Serxio Buskets, Jorji Alba yoki Serxi Roberto singari eski o‘yinchilari bilan xayrlashar. Qolaversa, jamoani tark etgan yosh o‘yinchilar qatoriga Serjino Dest va Ronald Arauxo ham qo‘shilish ehtimoli bor.
Ayni damda Kuman qo‘l ostida juda ko‘p forvardlar yig‘ilgan: Aguero, Breytueyt, Grizmann, Dembele, Depay va Fati. Cadena Cope radiostansiyasi xabariga ko‘ra, «Barselona» Grizmanni «Atletiko»ga qaytarib, madridliklardan Saulni o‘z safiga qo‘shib oladi. Shu tariqa, klub fransuzning katta maoshidan qutulish bilan birga ispaniyalik yarimhimoyachi va 15 million yevro transfer pulini qo‘lga kiritmoqchi.
Shuningdek, Laporta klubning oldingi prezidenti Xosep Bartomeuning rejasini amalga oshirishi mumkin. Rejaga ko‘ra, yangi rahbariyat klubning to‘rtta loyihasi – akademiya, tadqiqot markazi, audiovizual mahsulotlarni yaratish hamda sotish va merchandayzingga mas'ul bo‘lgan ikkita bo‘limni birlashtirgan «Barça Corporate»ning 50 foiz aksiyasini sotuvga chiqarib, ish haqi jamg‘armasini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Klub rahbariyati aksiyalarning yarmini sota olsa, 500 million yevroga ega bo‘lib muammolariga yechim topa olishi mumkin.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi
O‘zbekiston | 16:22
-
Toshkent davlat tibbiyot universitetiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 16:18
-
Toshkentda Xotira kuniga bag‘ishlab 2000 kishi ishtirokida marafon o‘tkaziladi
Jamiyat | 16:17
-
Madaniyat muassasalari xodimlarining maoshlari miqdori qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston | 15:43
Mavzuga oid

14:33 / 30.07.2023
Suares 2024 yildan Messi bilan yana bir jamoada o‘ynaydi

13:10 / 20.05.2023
Messi va Maradona kashf etilgan turnir. Osiyo chempioni Argentinada tarixni yangilay oladimi?

18:48 / 21.11.2022
Messi va Ronalduning birgalikdagi surati fotoshop bo‘lib chiqdi

14:05 / 29.11.2021