BMT Afg‘onistonga oziq-ovqat yordami ko‘rsatishni to‘xtatdi

BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi (WFP) Afg‘onistondagi “xavfsizlik borasida ikkilanishi sababli” ushbu mamlakatga insonparvarlik yordami ko‘rsatishni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Rossiyaning BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotidagi (FAO) vakolatxonasi ma'lum qildi.
Biroq WFP Afg‘onistondagi vaziyatni hisobga olgan holda u yerda o‘z ishini davom ettirishga tayyor.
Avvalroq WFP’ning rasmiy vakili Kun Li tashkilot Afg‘onistondagi xodimlari va hamkorlari xavfsizligi kafolatlansa, o‘z insonparvarlik dasturlarini davom ettirish niyatida ekanini ma'lum qilgan. Tashkilotning fikricha, hozirda Afg‘onistonda “gumanitar falokatning barcha alomatlari” kuzatilmoqda. WFP ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatning har uchinchi fuqarosi oziq-ovqat o‘tkir yetishmovchiligidan aziyat chekadi.
19 avgust kuni “Tolibon” BMTdan Afg‘onistondagi gumanitar faoliyatini davom ettirishni so‘ragan. Toliblar, shuningdek, xorijiy davlatlarga Afg‘onistonning tiklanishi va tabiiy zaxiralarining o‘zlashtirilishida ishtirok etishni taklif qilgan.
Avvalroq Xalqaro valuta jamg‘armasi ham Afg‘onistonga moliyaviy yordam to‘xtatilishini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid

21:18 / 30.04.2025
BMT O‘zbekiston tashabbusi bilan 29 aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb e’lon qildi

20:46 / 29.04.2025
BMT: 2014 yildan beri dunyoda 72 mingdan ortiq migrant halok bo‘ldi

21:43 / 28.04.2025
O‘zbekiston ilk marta BMT Statistika komissiyasi a’zoligiga saylandi

20:33 / 28.04.2025