Qozog‘iston janubidagi harbiy qismda sodir bo‘lgan portlashlar oqibatida 60 kishi jarohatlandi
Mamlakat Mudofaa vazirligining ma'lumot berishicha, o‘q-dori omboridagi yong‘in vaqtida oltita portlash sodir bo‘lgan.

Qozog‘istonning Jambil oblastidagi harbiy qism hududida sodir bo‘lgan portlashlardan so‘ng 60 kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda oblast ma'muriyati matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ularning 11 nafari harbiylardir.
Mamlakat Mudofaa vazirligining ma'lumot berishicha, o‘q-dori omboridagi yong‘in vaqtida oltita portlash sodir bo‘lgan.
Yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda. Yaqin-atrofdagi aholini ko‘chirish ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq voqea joyiga Mudofaa vazirligining maxsus komissiyasi yo‘l olgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

16:25 / 14.06.2025
Qozog‘istonda ham ilk AESni “Rosatom” quradigan bo‘ldi

16:54 / 12.06.2025
Qozog‘iston aholisi Starlink internetiga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldi

13:22 / 11.06.2025
Qozog‘iston sobiq mudofaa vaziri qo‘lga olingani haqidagi xabarni rad etdi

17:12 / 09.06.2025