Jamiyat | 15:24 / 22.07.2025
11151
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida 450 metrli tunnel aniqlandi

Jinoiy guruh ushbu yashirin tunneldan neft mahsulotlari kontrabandasi uchun foydalanib kelgan. Ikki davlat huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda besh nafar shaxs ushlangan. 

Foto: Videodan kadr

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida navbatdagi yashirin tunnel fosh etildi. Bu haqda Qozog‘iston Moliyaviy monitoring agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yashirin tunnel Turkiston viloyatida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi chegara hududda aniqlangan. Jinoiy guruh 450 metr uzunlikdagi yer osti tunnelini qazigan. So‘ngra undan 2 oy davomida neft mahsulotlari kontrabandasida foydalanib kelishgan.  

Ikki davlat huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda jinoiy guruhning barcha a’zolari ushlangan. Jumladan, O‘zbekiston va Qozog‘istonning besh nafar fuqarosi qo‘lga olingan. Hozirda tergov harakatlari yakunlanib, ish sudga yuborilgan.

Oldinroq Qibrayda Qozog‘istondan tortilgan yashirin yerosti quvuri aniqlangandi. Jami uzunligi qariyb 1 km bo‘lgan ushbu yashirin quvur orqali Qozog‘istondan O‘zbekistonga benzin kontrabandasi amalga oshirib kelingan.

Mavzuga oid