Qozog‘istonning Jambil oblastidagi harbiy qism omborida yong‘in va portlash sodir bo‘ldi
Jambil oblasti Bayzaq rayonida joylashgan harbiy qism ombori yaqinida yong‘in kelib chiqqan.

Jambil oblastida portlash sodir bo‘ldi. Mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, harbiy qismdagi omborda yong‘in kelib chiqqan, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.
Xabarda aytilishicha, Jambil oblasti Bayzaq rayonida joylashgan harbiy qism ombori yaqinida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in oqibatida portlash sodir bo‘lgan.
“Yong‘inni o‘chirishga harbiy qismning o‘t o‘chirish jamoasi jalb etildi. Ularga Jambil oblasti favqulodda vaziyatlar xizmatining o‘t o‘chiruvchilari yordam bermoqda”, – deyiladi Qozog‘iston Mudofaa vazirligi xabarida.
Xabarda aytilishicha, yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda. Voqea joyiga Mudofaa vazirligining maxsus komissiyasi yo‘l olgan.
Mavzuga oid

16:25 / 14.06.2025
Qozog‘istonda ham ilk AESni “Rosatom” quradigan bo‘ldi

16:54 / 12.06.2025
Qozog‘iston aholisi Starlink internetiga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldi

13:22 / 11.06.2025
Qozog‘iston sobiq mudofaa vaziri qo‘lga olingani haqidagi xabarni rad etdi

17:12 / 09.06.2025