Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Panjsher aholisiga murojaat bilan chiqdi
Amir Xon Muttaqiy toliblar Panjsherga hokim va boshqa mas'ul shaxslarni tayinlaganini ma'lum qildi.

Foto: newsfa.ru
“Tolibon” harakati a'zosi Amir Xon Muttaqiy Panjsher viloyati yetakchilari bilan muzokaralar natijasiz yakunlangani va viloyatni kuch bilan olish rejalashtirilganini ma'lum qildi.
“Muzokaralar natija bermagach, mujohidlar Panjsherni to‘rt tarafdan qurshab oldi. Qarshilik ko‘rsatayotganlarga urushni bas qiling deb aytishingiz kerak. Ular na Kobulda, na boshqa joyda NATO yordami bilan ham hech narsa qila olmadi. Kichkina hududda qanday qarshilik ko‘rsatish mumkin?” – dedi toliblar vakili Panjsher aholisiga qilgan audiomurojaatida.
Amir Xon Muttaqiy toliblar Panjsherga hokim va boshqa mas'ul shaxslarni tayinlaganini ma'lum qildi.
“Biz tayinlagan olim hokimingiz bo‘lishining nimasi yomon? Buni o‘ylab ko‘ring hamda Islom amirligiga qo‘shiling va urushning oldini oling”, – deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq “Tolibon” Panjsherdagi uchta muhim tuman va dovonni qo‘lga kiritganini ma'lum qilgandi. Ammo qarshilik kuchlari bu ma'lumotni rad etdi.
Interfaks agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar qilishicha, o‘tgan tunda toliblar Havak dovoni orqali Panjsher viloyatiga kirishga uringan.
“O‘tgan tundagi to‘qnashuvlarda toliblar 350 nafar askaridan ajraldi, 40 dan ortiq kishi asirga olindi. Jangchilarimiz ko‘plab Amerika transport vositalari, qurol va o‘q-dorilarni qo‘lga kiritdi”, — deb xabar bergan agentlik manbasi Havakdagi bo‘linma komandiri Munib Amiriyga tayanib.
Hozirda Panjsher toliblar nazoratiga o‘tmagan yagona viloyat bo‘lib turibdi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ijro nazoratining kuchaytirilishi, Samarqanddagi «qo‘ziqorin uy», suvga cho‘kish fojialari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:47 / 28.07.2025
-
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida har bir bola uchun pul to‘laydi
Jahon | 23:46 / 28.07.2025
-
Sankt-Peterburgda xorijliklarga 2025 yil oxirigacha taksi haydovchisi bo‘lib ishlash taqiqlandi
Jahon | 23:26 / 28.07.2025
-
Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Jamiyat | 22:59 / 28.07.2025
Mavzuga oid

21:49 / 28.09.2022
Rossiya «Tolibon» bilan yonilg‘i va g‘alla yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi

22:19 / 19.09.2022
AQSh va “Tolibon” o‘zaro mahbus almashdi

15:48 / 17.05.2022
«Tolibon» AQShni dushman deb hisoblamasligini bildirdi

14:46 / 19.01.2022