Toshkent shahar hokimligining tenderida Akfa Engineering'ning sobiq rahbariga tegishli kompaniya g‘alaba qozondi
Yakkasaroy tumanidagi 45-uyni rekonstruksiya qilish bo‘yicha Toshkent shahar hokimligi tomonidan e’lon qilingan tenderda Discover Invest kompaniyasi g‘alaba qozongan. Bu kompaniyaning asosiy ta’sischisi – “Akfa Engineering Management” kompaniyasining sobiq direktori Ismoil Isroilov.

Foto: Yandeks Xaritalar
Toshkent shahar hokimligi Yakkasaroy tumanidagi 45-uyni rekonstruksiya qilib, atrofini obodonlashtirish uchun 35,5 mlrd so‘mlik tender e’lon qilgan. Tenderda Discover Invest (Power Construction Planet) kompaniyasi g‘alaba qozongan.
Davletovuz kanalining e’tibor qaratishicha, Discover Invest'ning 66,9 foiz ulushi Ismoil Isroilovga tegishli. Isroilov, shuningdek, “Teleradiokompaniya Zo’r” (31,2 foiz) va Kolorpak (25 foiz) singari kompaniyalarda ham ulushga ega.
Avvalroq Kun.uz Toshkent shahridagi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan bir qancha loyihalar Discover Invest'ga tendersiz berib yuborilgani xaqida xabar bergandi.
Arxitektura institutining uchta binosini qurish (167 mlrd so‘m), Favqulodda vaziyatlar vazirligi Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi binosini qurish va jihozlash (17,9 mlrd so‘m), “Raqamli Toshkent” situatsion markazini qurish (100,2 mlrd so‘m), Zangiota tumanida ixtisoslashtirilgan 2160 o‘rinli karantin zonasini qurish (39,2 mlrd so‘m) loyihalari shular jumlasidan.
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 59-moddasiga ko‘ra, tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma bo‘yicha BHM (bazaviy hisoblash miqdori)ning 25 ming baravari – 6 mlrd 750 mln so‘mdan ortiq miqdorni tashkil etganda, davlat xaridi tender o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ta’sischilari qatorida Ismoil Isroilov ham bo‘lgan “Kolorpak” MChJga “UNICON.UZ” DUKning Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi poligrafiya sexi binosi tegishli hududi bilan birgalikda investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni kiritish sharti bilan “nol” xarid qiymatida sotilgan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vens: Rossiya muzokaralarda juda ko‘p narsa so‘ramoqda
Jahon | 12:46
-
Saida Mirziyoyeva barchani Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 12:43
-
Tramp Kiyevning 30 kunlik sulh g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 12:41
-
Bolalar saratoni bo‘yicha akademik xab tashkil qilinadi
O‘zbekiston | 12:12
Mavzuga oid

09:50
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

23:21 / 08.05.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi

14:56 / 06.05.2025
Toshkentda “zakladka” bilan shug‘ullangan talaba 12 yilga qamaldi

22:14 / 05.05.2025