Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Foto: Kun.uz
“O‘zbekiston telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
2022–2024 yillarda O‘zbekiston telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari hamda xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarini mobil aloqa qamrovi bilan ta'minlash reja-jadvali tasdiqlandi.
Shunga ko‘ra, 2023 yilgacha xalqaro ma'lumotlar uzatish kanalining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 3,5 marotaba oshiriladi, 150 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilish hisobiga ma'lumotlar uzatish tarmog‘i kengaytiriladi, optik tolali aloqa liniyalari barcha aholi punktlariga yetkazilib, uy xo‘jaliklarining kamida 80 foizi Internetga keng polosali simli ulanish imkoniyati bilan ta'minlanadi.
2021 yil yakunigacha barcha ichki ishlar organlari tayanch punktlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, jazoni ijro etish muassasalari, ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari xonalari, xalq ta'limi muassasalari, davlat arxivlari va tashkilotlari Internetga keng polosali ulanadi.
Qarorga ko‘ra, mavjud chegara o‘tish nuqtalari orqali “O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston”, “O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy” va “O‘zbekiston–Turkmaniston–Ozarbayjon–Turkiya” yo‘nalishlarida xalqaro magistral kanallar tashkil etiladi, Xitoy Xalq Respublikasida yangi ulanish va o‘zaro Internet trafigi almashinuvi nuqtalarini tashkil etish choralari ko‘riladi.
2022 yil 1 yanvardan Internetga keng polosali ulanish tarmoqlarini loyihalash va qurishda quyidagilar nazarda tutiladi: ma'muriy binolar va ko‘p kvartirali uylarni kamida 1 Gbit/s o‘tkazuvchanlik qobiliyati bilan; ta'lim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash muassasalari va boshqa davlat tashkilotlarini kamida 100 Mbit/s o‘tkazuvchanlik qobiliyati imkoniyati bilan ulash.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi
Ta’lim | 12:50
-
Qo‘yliq mavzesidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 12:27
-
Milliy tashuvchilar og‘ir yuklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri Xitoydan tashishni boshladi
O‘zbekiston | 12:24
-
Novosibirskda mushkul ahvolda qolgan uch kishi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 12:01
Mavzuga oid

07:30 / 03.01.2025
Telekommunikatsiya xizmatlari me’yorga muvofiqligi yuzasidan monitoring amalga oshiriladi

20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi

12:12 / 03.12.2024
Favqulodda vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish qoidalari tasdiqlandi

13:50 / 24.10.2024