Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida hujjatlar to‘plami imzolandi
Salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbarlari muzokaralaridan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Mun Je In O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni qabul qildi.
Bu hujjatda o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini keng nishonlash, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash maqsadlari o‘rin olgan. Raqamlashtirish, «yashil» iqtisodiyot va kuchli ijtimoiy siyosat sohalari alohida strategik sheriklikning uch muhim yo‘nalishi sifatida belgilangan.
Ikki mamlakat rahbarlari huzurida Sog‘liqni saqlash sohasida hukumatlararo bitim, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi bilan 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, shuningdek, energetika sohasida o‘zaro muloqot o‘rnatish, «aqlli shahar»larni rivojlantirish, Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish jamg‘armasi orqali moliyalashtirish, nodir metallar, mis va ularning qotishmalariga oid memorandumlar imzolandi.
Shuningdek, tashrif doirasida axborot texnologiyalari, «aqlli» qishloq xo‘jaligi sohalariga oid memorandumlar hamda Iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlikda tibbiy uskunalar yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolandi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ichki ishlar organlarining 3 xodimi korrupsiya ustida qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 20:44
-
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43
-
Nigeriya armiyasi 100dan ortiq qurolli jangarilarni yo‘q qildi
Jahon | 20:36
-
Boku va Yerevan o‘z chegaralarida uchinchi mamlakatlar kuchlarini joylashtirmaydigan bo‘ldi
Jahon | 20:26
Mavzuga oid

20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi

07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz

21:19 / 21.12.2024