Buxoroda qo‘l tormozi tortib qo‘yilmagan Spark kanalga tushib ketdi

Videodan kadr
Buxoroda qo‘l tormozi tortib qo‘yilmagan Spark kanalga tushib ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 9 yanvar kuni Buxoro viloyati FVB boshqarmasi navbatchilik xizmatiga Buxoro shahri Talija mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi kanalga Spark mashinasi tushib ketgani to‘g‘risida xabar kelgan.
Zudlik bilan voqea joyiga podpolkovnik G‘.Safoyev boshchiligidagi qutqaruv otryadi yetib borgan. Viloyat FVBning maxsus texnikasi va g‘avvoslar, shuningdek, ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda 30 daqiqa davomida mashina kanaldan olib chiqilgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Spark haydovchisi to‘xtash vaqtida qo‘l tormozini tortishni unutgan va shu sababli mashina kanalga tushib ketgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan.
Mavzuga oid

07:33 / 26.04.2025
Nukusda insult bo‘lib, uyida qamalib qolgan fuqaro qutqarildi

08:26 / 16.04.2025
Namanganda 16 yoshli qiz boshqaruvidagi Spark kanalga tushib ketdi

08:40 / 01.04.2025
Andijonda Spark YPX xodimini urib yubordi

09:08 / 27.03.2025