Jamiyat | 08:06 / 07.05.2025
3246
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda YTH oqibatida Epica avtomobili yonib ketdi

Joriy yilning 6 may kuni soat 23:56 da  Toshkent shahar Yangihayot tumani, Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida Epica va Spark rusumli avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Foto: FVB

Toshkent shahar FVB xabariga ko‘ra, YTH natijasida Epica rusumli avtomobil yonib ketgan. Bu haqda Toshkent shahar FVBga ma’lumot kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 00:06 da yetib borib, yong‘in soat 00:08 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid