Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv ta’minotidagi uzilishlar svet yonganidan keyin ham davom etishi mumkin - “O‘zsuvta’minot”

“O‘zsuvta’minot” AJ respublikada elektr ta’minoti bilan bog‘liq yirik uzilishlar nasoslar to‘xtagani sabab suv ta’minotiga ham ta’sir qilayotgani yuzasidan rasmiy axborot berdi.
“Respublika miqyosida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgani sababli ichimlik suvi yetkazilishida ham vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelmoqda. Chunki tizimlar bir-biri bilan chambarchas holda ishlaydi. Elektr energiyasi tiklanganidan so‘ng ham texnik jihatlarni inobatga olib, suv ta’minoti tizimida kechikishlar bo‘lishini ma’lum qilamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, – deyiladi jamiyat tarqatgan xabarda.
Mavzuga oid

12:02 / 28.07.2025
Qaysi hududda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi aytildi

18:51 / 11.06.2025
Qog‘ozda hammasi yaxshi, amalda-chi? Ichimlik suvi ta’minotida keng ko‘lamli kamchiliklar aniqlandi

20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi

20:39 / 01.05.2025